O‘zbekiston tumanida biznesni ro‘yxatga olish tadbirini sifatli tashkil etishga qaratilgan tayyorgarlik ishlari nazariy va amaliy mashg‘ulotlar uyg‘unligida olib borilmoqda.
Dastlab tumanda faoliyat yuritayotgan hokim yordamchilari uchun o‘quv-seminari tashkil etildi. Unda ro‘yxatga olish jarayonining asosiy bosqichlari, mas’ullarning vazifalari, elektron shakllar bilan ishlash hamda ma’lumotlarni to‘g‘ri va to‘liq kiritish tartibi batafsil tushuntirildi.
Amaliy jarayonda hokim yordamchilariga ilovadan foydalanish, zarur ma’lumotlarni shakllantirish va elektron shakllarni belgilangan tartibda to‘ldirish bo‘yicha tavsiyalar berildi.
Bu kabi amaliy mashg‘ulotlar biznesni ro‘yxatga olish jarayoniga jalb etilgan mas’ullarning bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlash, jarayonda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan savollarga amaliy yechim topishga xizmat qiladi.



