Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026- yil 1- sentabr holatiga faoliyat yuritayotgan korxona va tashkilotlar tarkibida savdo sohasi yetakchi o‘rinni egalladi.
Savdo — jami korxona va tashkilotlarning 35,9 % ini tashkil etdi. Ushbu sohaning ulushi tadbirkorlik subyektlarida 43,2 %, kichik biznes subyektlarida esa 43,3 % ga teng.
Sanoat — 17,5 %. Tadbirkorlik subyektlarida uning ulushi 21,0 %, kichik biznes subyektlarida 20,9 % ni tashkil etdi.
Qurilish — 6,5 %. Mazkur yo‘nalishning ulushi tadbirkorlik va kichik biznes subyektlarida 7,7 % dan qayd etildi.
Savdo, sanoat va qurilish yo‘nalishlari birgalikda faoliyat yuritayotgan korxona va tashkilotlar umumiy sonining 59,9 % ini tashkil etdi.




