22/09/2026

 Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026- yilning yanvar–iyul oylarida viloyatning import hajmi 1 058,3 mln AQSH dollarini tashkil etib, 2025- yilning mos davriga nisbatan 25,2 % ga oshdi.

 Import tarkibida eng katta ulush:

 mashinalar va transport asbob-uskunalari — 32,2 %;

 mineral yoqilg‘i, moylash materiallari va shunga o‘xshash mahsulotlar — 20,6 %;

 sanoat tovarlari — 15,7 % hissasiga to‘g‘ri keldi.

 2026- yilning yanvar–iyul oylarida tovarlar importi 1 047,8 mln AQSH dollarini tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 203,5 mln AQSH dollariga ko‘paydi.

 Xizmatlar importi esa 10,5 mln AQSH dollariga yetdi.