Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, xizmatlar eksporti hajmi 10,8 mln AQSH dollarini tashkil etib, jami eksport hajmining 1,8 % ini egalladi.
Xizmatlar eksporti 2025- yilning mos davriga nisbatan 21,0 % ga oshdi.
Xizmatlar eksporti tarkibida:
transport xizmatlari — 38,8 % yoki 4 152,2 ming AQSH dollari;
AKT xizmatlari — 32,4 % yoki 3 521,1 ming AQSH dollari;
safarlar (turizm) — 14,9 % yoki 1 539,6 ming AQSH dollari;
moliyaviy xizmatlar — 13,9 % yoki 1 484,1 ming AQSH dollari.
Xizmatlar eksportining eng katta ulushi transport va AKT xizmatlari hissasiga to‘g‘ri kelgan.




