Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar–sentabr oylarida viloyatda qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi mahsulot (xizmat)larining umumiy hajmi 41 711,5 mlrd so‘mni tashkil etdi.
Mazkur ko‘rsatkichning tarmoqlar bo‘yicha taqsimoti quyidagicha:
Dehqonchilik va chorvachilik, ovchilik hamda ushbu sohalarda ko‘rsatilgan xizmatlar — 37 268,5 mlrd so‘m;
O‘rmon xo‘jaligi — 4 028,9 mlrd so‘m;
Baliqchilik xo‘jaligi — 414,1 mlrd so‘m.
Tahlillarga ko‘ra, qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi mahsulot (xizmat)lari umumiy hajmining 89,3 foizi dehqonchilik va chorvachilik, ovchilik hamda ushbu sohalarda ko‘rsatilgan xizmatlar hissasiga to‘g‘ri kelmoqda.
Ushbu ko‘rsatkichlar viloyat iqtisodiyotida qishloq xo‘jaligi tarmog‘ining muhim o‘rin tutishini aks ettiradi.




