03/11/2026

 Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar–sentabr oylarida viloyat iqtisodiyoti va ijtimoiy sohasini rivojlantirish uchun barcha moliyalashtirish manbalari hisobidan 46,0 trln so‘m asosiy kapitalga investitsiyalar o‘zlashtirildi.

 Mazkur ko‘rsatkichning o‘sish sur’ati 2025-yilning mos davriga nisbatan 149,4 foizni tashkil etdi.

 So‘nggi besh yilda asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investitsiyalar hajmi quyidagicha:

 2022-yil — 11,1 trln so‘m;

 2023-yil — 14,3 trln so‘m;

 2024-yil — 20,2 trln so‘m;

 2025-yil — 30,1 trln so‘m;

 2026-yil — 46,0 trln so‘m.

 Tahlillarga ko‘ra, 2026-yilning yanvar–sentabr oylarida asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investitsiyalar hajmi 2022-yilning mos davriga nisbatan 4,1 barobarga ko‘paygan.