Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar–sentabr oylarida norasmiy va yashirin iqtisodiyotni baholash bo‘yicha o‘tkazilgan statistik kuzatuvlar natijalari hisobga olingan holda, viloyatda ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi 66 029,3 mlrd so‘mni tashkil etdi.
Mazkur ko‘rsatkich 2025-yilning mos davriga nisbatan 12 361,7 mlrd so‘mga oshib, o‘sish sur’ati 116,5 foizni tashkil etdi.




