Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar–sentabr oylarida viloyatda aholi jon boshiga ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi 15 483,1 ming so‘mni tashkil etdi.
Mazkur ko‘rsatkich 2025-yilning mos davrida 12 816,5 ming so‘m bo‘lgan. Hisobot davrida aholi jon boshiga bozor xizmatlari hajmi 2 666,7 ming so‘mga oshib, o‘sish sur’ati 114,4 foizni tashkil etdi.
Kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi 50 156,0 mlrd so‘mga yetdi. Bu viloyatda ko‘rsatilgan jami bozor xizmatlarining 76,0 foiziga teng.
Jumladan, bozor xizmatlari umumiy hajmining 46,0 foizi kichik korxonalar va mikrofirmalar hissasiga to‘g‘ri keldi.




