17/04/2024

2024-yil 1- aprel holatiga Marg‘ilon shahri bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tgan korxona va tashkilotlar soni 5093 taga yetdi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 100,8 %ni tashkil etdi.

Shundan:
Faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar – 3 119 ta
Yangi tashkil etilgan – 101 ta

Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha tahlil qilinganda:
Qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligida – 29 ta
Sanoatda – 594 ta
Qurilishda – 193 ta
Savdoda – 1238 ta
Tashish va saqlashda – 87 ta
Yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlarda – 126 ta
Axborot va aloqada – 61 ta
Sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatishda – 72 ta

Korxonalarni tashkiliy-huquqiy shakli bo‘yicha tahlil qilinganda:
Mas’uliyati cheklangan jamiyatlari – 2 051 ta
Xususiy korxonalar – 431 ta
Oilaviy korxonalar – 257 ta
Chet el investitsiyasi ishtirokidagi korxonalar - 30 taga to‘g‘ri keldi.