18/04/2024

2024-yil 1- aprel holatiga Farg‘ona shahri bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tgan korxona va tashkilotlar soni 10 598 taga yetdi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 109,8 %ni tashkil etdi.

Shundan:
Faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar – 6 701 ta
Yangi tashkil etilgan – 285 ta

Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha tahlil qilinganda:
Qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligida – 115 ta
Sanoatda – 750 ta
Qurilishda – 694 ta
Savdoda – 1 856 ta
Tashish va saqlashda – 249 ta
Yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlarda – 504 ta
Axborot va aloqada – 231 ta
Sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatishda – 283 ta

Korxonalarni tashkiliy-huquqiy shakli bo‘yicha tahlil qilinganda:
Mas’uliyati cheklangan jamiyatlari – 3 952 ta
Xususiy korxonalar – 1 110 ta
Oilaviy korxonalar – 479 ta
Chet el investitsiyasi ishtirokidagi korxonalar - 156 taga to‘g‘ri keldi.