24/04/2024

Elektr, gaz, bug‘ bilan ta’minlash va havoni konditsiyalash korxonalari tomonidan 2024-yil yanvar-mart oylarida ishlab chiqarilgan mahsulotlar hajmi 492,9 mlrd. so‘mni (jami ishlab chiqarilgan sanoat mahsulotlari hajmining 5,9% ini) tashkil etadi. 2024-yilning yanvar-mart oylarida, sanoatning mazkur tarmog‘ida elektr energiyani ishlab chiqarish, uzatish va taqsimlash, bug‘ bilan ta’minlash tizimlari va havoni konditsiyalashning o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 166,7 mlrd. so‘mga ko‘payganligi kuzatildi.