24/04/2024

 2024-yilning yanvar-mart oylarida 5 137,8 mlrd. so‘m asosiy kapitalga investitsiyalar o‘zlashtirilib, ularning 65,5 %i yoki 3 366,7 mlrd. so‘mi jalb etilgan mablag‘lar hisobidan moliyalashtirilgan bo‘lsa, korxona, tashkilot va aholining o‘z mablag‘lari hisobidan 34,5 % yoki 1 771,1 mlrd. so‘m moliyalashtirildi.

Jami investitsiyalar hajmida, markazlashgan moliyalashtirish manbalari hisobidan moliyalashtirilgan asosiy kapitalga investitsiyalarning ulushi, 2023-yildagi ulushiga nibatan 11,1% punktga kamaydi,2,9 %ni yoki 150,8 mlrd. so‘mni tashkil etdi. Mos ravishda, markazlashmagan moliyalashtirish manbalari hisobidan 4 986,9 mlrd. so‘m yoki jami investitsiyalarning 97,1 % o‘zlashtirilib, 2023- yildagi ko‘rsatkichga nisbatan 11,1 % punktga ko‘paydi.