26/04/2024

Joriy yilning 23-aprel kuni Farg‘ona viloyat statistika boshqarmasining “Turmush darajasi statistikasi va uy xo‘jaliklari kuzatuvlari” bo‘limi mutaxassisi N.Qodirova tomonidan uy xo‘jaliklari kuzatuviga tushgan Farg‘ona tumanidagi “Xurshidi Tobon” MFYda istiqomat qiluvchi M.Azimjonovlar xonadonida so‘rovnoma o‘tkazildi. Kuzatuv jarayonida ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarning aholi turmush darajasiga ta’sirini o‘rganish va mamlakat aholisi farovonligini yanada yuksaltirishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish uchun ma’lumotlarni shakllantirishdan iborat ekanligi haqida tushuncha berildi va fuqarodan olingan ma’lumotlarni joyida planshet qurilmasiga kiritildi.