29/04/2024

Joriy yilning 29- aprel kuni Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi xodimlari ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi statistika Agentligi direktori o‘ribbosari Z.Ziyayevning 2024-yil 16-aprel kungi Z-2-sonli topshirig‘ining 6- bandi ijrosi yuzasidan seminar tashkil etildi. Seminarda boshqarmaning "Raqamlashtirish va ma’lumotlarni saqlash markazi” yetakchi muxandis-dasturchi Q. Soliyev tomonidan xodimlarning ish jarayonida Microsoft Exzel dasturi va STATA amaliy dasturiy paketidan foydalanishi bo‘yicha nazariy va amaliy bilimlar berildi. Xodimlar tomonidan kelgusida mazkur mashg‘ulotlar amaliy ish jarayoni bilan birgalikda olib borilishi taklifi berildi.