30/04/2024

Joriy yilning 29-aprel kuni Farg‘ona viloyat statistika boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari Sh. Zokirov hamda “Turmush darajasi statistikasi va uy xo‘jaliklari kuzatuvlari” bo‘limi mutaxassisi R.Vahobovlar tomonidan uy xo‘jaliklari kuzatuviga tushgan Quva tumanidagi  “Bahor” MFY, “Qayrag‘och” ko‘chasi, 152-uydada istiqomat qiluvchi  N.Shokirovlar  xonadonida so‘rovnoma o‘tkazildi.  Kuzatuv jarayonida ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarning aholi turmush darajasiga ta’sirini o‘rganish va mamlakat aholisi farovonligini yanada yuksaltirishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish uchun ma’lumotlarni shakllantirishdan iborat ekanligi haqida tushuncha berildi va fuqarodan olingan ma’lumotlar joyida planshet qurilmasiga kiritildi.