01/05/2024

2024-yil yanvar-mart oylari holatiga Yozyovon tumani bo‘yicha ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi 119,6 mlrd. so‘mga yetdi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 111,5 %ni tashkil etdi.

Shundan:
Moliya xizmatlari – 12,3 mlrd.
Transport xizmatlari – 17,1 mlrd.
Savdo xizmatlari – 65,3 mlrd.
Aloqa va axborotlashtirish xizmatlari – 9,8 mlrd.
Ta’lim xizmatlari – 1,2 mlrd.
Sog‘liqni saqlash sohasidagi xizmatlari - 1,0 mlrd.
Ko‘chmas mulk bilan bog‘liq xizmatlar – 0,8 mlrd.
Yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlari – 0,7 mlrd.
Ijara xizmatlari – 0,9 mlrd.
Kompyuterlar va maishiy tovarlarni ta’mirlash xizmatlari – 3,7 mlrd.

Bundan tashqari:
Kichik tadbirkorlik subyektlari – 96,7 mlrd. so‘m
Aholi jon boshiga ko‘rsatilgan bozor xizmatlari - 997,1 ming so‘m miqdorida qayd etildi.