03/05/2024

2024-yil yanvar-mart oylari holatiga Toshloq tumanida qurilish faoliyati bilan shug‘ullanayotgan 105 korxona va tashkilotlar tomonidan 69,7 mlrd. so‘mlik qurilish ishlari amalga oshirildi. O‘tgan yilning shu davriga nisbatan o‘sish sur’ati 114,3 %ni tashkil etdi.

Shundan:
Yirik korxonalar – 2,1 mlrd. so‘m
Kichik korxona va mikrofirmalar – 40,7 mlrd. so‘m
Norasmiy sektor – 26,9 mlrd. so‘m

Bundan tashqari:
Yangi qurilish, rekonstruksiya, kengaytirish va texnik qayta qurollantirish – 47,1 mlrd. so‘m
Aholi jon boshiga qurilish ishlari – 319,5 ming so‘m

Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha:
Bino va inshootlarni qurish – 29,4 mlrd. so‘m
Fuqarolik obyektlarini qurish – 36,3 mlrd. so‘m
Ixtisoslashtirilgan qurilish ishlari – 4 mlrd. so‘mga to‘g‘ri keldi.