03/05/2024

Joriy yilning 2-may kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi direktori o‘rinbosari A. A. Ikramov hamda Farg‘ona viloyati Statistika boshqarmasi boshlig‘i Sh.R. Mamadaliyevlar tomonidan yuridik shaxslarning mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotish xarajatlarini aniqlash bo‘yicha hududlarda 12-narx sanoat shakli (oylik) statistika kuzatuvlari olib borildi.

Kuzatuv jarayonida Marg‘ilon shahridagi “Golden valley fasteners ” mas’uliyati cheklangan jamiyati hamda Istiqlol grand pishiriqlarioilaviy korxonalarda kuzatuvlar olib borildi. Kuzatuvda korxonalarda ishlab chiqariladigan mahsulotlarni ishlab chiqarish narxi hamda sotish harajatlari to‘g‘risida ma’lumotlar olindi.