Joriy yilning 25-sentabr kuni Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi binosida viloyatda faoliyat yuritayotgan ommaviy axborot vositalari xodimlari va jurnalistlar ishtirokida «Farg‘ona viloyati bo‘yicha 2024-yil 6 oylik yakunlari yuzasidan qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish ko‘rsatkichlari» mavzusida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Matbuot anjumanida Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari F.Yakubov, Qishloq xo‘jaligi va ekologiya statistikasi bo‘limi boshlig‘i A.Akbarov hamda mazkur bo‘lim boshlig‘ining o‘rinbosari Ya. Esonmirzayevlar ishtirok etdi.
Anjumanda joriy yilning 6 oyida Farg‘ona viloyatida qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi mahsulot (xizmat)larining umumiy hajmi 18 095,3 mlrd so‘mni yoki 2023–yilning mos davriga nisbatan 104,9 % ni, shu jumladan, dehqonchilik va chorvachilik, ovchilik va ushbu sohalarda ko‘rsatilgan xizmatlar –17 844,3 mlrd so‘mni, o‘rmon xo‘jaligi–184,4 mlrd so‘mni, baliqchilik xo‘jaligi – 66,6 mlrd so‘mni tashkil qilganligi, respublika qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi tarkibida Farg‘ona viloyatining ulushi 10,6 % ni tashkil etganligi, qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi mahsulot (xizmat)lar umumiy hajmining 98,6 %i –dehqonchilik va chorvachilik, ovchilik va ushbu sohalarda ko‘rsatilgan xizmatlar, 0,4 %i – o‘rmon xo‘jaligi, 1,0 %i – baliqchilik xo‘jaligi hissasiga to‘g‘ri kelishi, shahar va tumanlar kesimida qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi mahsulot (xizmat)larining eng yuqori hajmi Farg‘ona 1 630,9 mlrd so‘m va Beshariq 1 429,4 mlrd so‘m tumanlarida qayd etilganligi, aksincha kam hajmga ega hududlarga Qo‘qon shahrida 164,8 mlrd so‘m, So‘x tumanida 291,0 mlrd so‘m, Marg‘ilon shahrida esa 238,8 mlrd so‘m miqdorida qayd etilganligini keltirib o‘tish mumkinligi haqida so‘z yuritildi. Bundan tashqari viloyat ko‘rsatkichidan yuqori o‘sish sur’atlari Farg‘ona shahrida 110,3 %, Quvasoy shahrida 110,2 %, Marg‘ilon shahrida 109,3% va Farg‘ona tumanida 106,0 % kuzatilganligi, Qo‘qon shahrida 101,7 %, Dang‘ara 101,7 %, tumanida esa aksincha o‘sish sur’atlari pastligi kuzatilganligi, yetishtirilgan dehqonchilik mahsulotlarining hajmi 10149,8 mlrd so‘mni yoki 2023–yilning mos davriga nisbatan 105,7 % ni tashkil etdi. Ishlab chiqarilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining umumiy hajmida dehqonchilik mahsulotlarining ulushi 57,4 % ni tashkil qilganligi, barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonida 694,6 ming t. don yetishtirilganligi, Don yetishtirish ko‘rsatkichlarini xo‘jaliklar toifalari bo‘yicha tahlil qilinganda, don ishlab chiqarish umumiy hajmidan 94,3 %i fermer xo‘jaliklari hissasiga to‘g‘ri kelishini ko‘rsatayotganligi, chorvachilik mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmi 7521,9 mlrd so‘mni yoki 2023–yilning mos davriga nisbatan 103,7 % ni tashkil qilganligi, yetishtirilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining umumiy hajmida chorvachilik mahsulotlarining ulushi 42,6 % ni tashkil etganligi shu va boshqa ma’lumotlar haqida hisobot berildi.
Anjuman davomida jurnalistlar tomonidan viloyatda o‘rmon xo‘jaligi, ekologiya bo‘yicha hisobotlarini qabul qilishdagi asosiy omillar, baliqchilik xo‘jaliklari bo‘yicha hisobotlarni qabul qilishdagi xususiyatlar, qishloq xo‘jaligi sohasiga kiritilayotgan investitsiyalar haqidagi berilgan savollarga mutasaddilar to‘liq ma’lumot berdilar.
Axborot xizmati.