Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining bergan ma’lumotiga ko‘ra, 2025-yil 1-aprel holatiga Toshloq tumanida ro‘yxatdan o‘tgan korxona va tashkilotlar soni 2834 tani, faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar soni 1472 tani va yangi tashkil etilgan korxona va tashkilotlar soni 99 tani tashkil etdi.
👇Shundan iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha tahlil qilinganida:
🟣Qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligi – 75 ta
🟣Sanoatda – 240 ta
🟣Qurilishda - 82 ta
🟣Savdoda – 532 ta
🟣Tashish va saqlashda – 58 ta
🟣Yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar – 70 ta
🟣Axborot va aloqa – 20 ta
🟣Sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish – 66 ta
🟣Boshqa turdagi xizmatlar – 329 taga to‘g‘ri keldi.