29/04/2025

2025- yilning 1-aprel holatiga koʻra, barcha toifadagi xoʻjaliklarda yirik shoxli qoramollar bosh soni 1 097,2 mingtaga yetdi. 2024- yilning mos davri bilan solishtirganda 101,4 % ni tashkil etdi. Yirik shoxli qoramollar bosh sonini xoʻjalik toifalari boʻyicha tahlil qilar ekanmiz, eng katta hajmi 1 003,8 ming bosh dehqon va tomorqa xoʻjaliklarida qayd etilganligini taʼkidlash lozim.

Boshqa hududlar bilan taqqoslanganda, 2024- yilga nisbatan eng yuqori o‘sish sur’atlari:

Qo’shtepa t - 129,5 %

Uchko’prik t - 110,3 %

Quva t - 107,7 %

O‘zbekiston t - 107,1 %

So‘x t - 104,7 %

Yozyovon t -103,8 % ga to‘g‘ri keldi.