Suv bilan ta’minlash, kanalizatsiya tizimi, chiqindilarni yig‘ish va utilizatsiya qilish korxonalari tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar hajmi 89,8 mlrd so‘m miqdorida qayd etilgan bo‘lib, o’tgan yilning mos davriga nisbatan to‘qimachilik chiqindilarida 87,7 % ga ko‘payish, oqova suvlarni yo‘qotish, transportirovka qilish va ishlov berish bo‘yicha xizmatlarda 45,2 % ga ko‘payish kuzatildi. Shuningdek, axlat o‘ralarni, tindirgichlarni va septiklarni bo‘shatish, tozalash va ishlov berish bo‘yicha xizmatlarda 0,8% ga kamayish kuzatildi.