29/04/2025

2025- yilning 1-aprel holatiga koʻra, Farg‘ona viloyatida barcha toifadagi xoʻjaliklarda sigirlar bosh soni 402,5 mingtaga yetdi. 2024-yilning mos davri bilan solishtirganda 102,6 % ni tashkil etdi. Sigirlar bosh sonini xoʻjalik toifalari boʻyicha tahlil qilar ekanmiz, eng katta hajmi 364,0 ming bosh dehqon va tomorqa xoʻjaliklarida qayd etilganligini taʼkidlash lozim.

Boshqa hududlar bilan taqqoslanganda,2024- yilga nisbatan eng yuqori o‘sish sur’atlari:

Qo‘shtepa t - 108,4 %

Oltiariq t - 107,9 %

So‘x t - 107,2 %

O’zbekiston t - 107,1 %

Bag‘dod t - 106,5 % ga to‘g‘ri keldi.