30/04/2025

Milliy statistika qo‘mitasining 2025-yil 25- aprel kungi 01/3-20-04-22-sonli xati ijrosini ta’minlash, “Rasmiy statistika to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Statistika ishlarini tashkil etish va yuritish tizimini yangi bosqichga olib chiqish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g’risida”gi PF-27-son Farmonining 5-bandiga asosan, davlat organlari va tashkilotlarining axborot tizimlarida mavjud ma’lumotlarni auditdan o‘tkazish vazifasi belgilanganligi va ushbu vazifalarni amalga oshirish maqsadida joriy yilning 28-aprelidan 2-mayiga qadar mahallalarda “Raqamli mahalla” platformasidagi ma’lumotlarning sifati, aniqligi va shaffofligini o‘rganish ishlari olib borilishi rejalashtirilgan. Joriy yilning 29-aprel kuni Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi mutasaddi xodimlari ishtirokida mazkur tadbirni sifatli o‘tkazish bo‘yicha seminar tashkil etildi. Seminarda Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari Sh. Zokirov so‘zga chiqib, O‘zbekiston Mahallalari uyushmasi va “UNICON SOFT” MchJning hududiy boshqarmalari xodimlari bilan tanlangan mahallalarda o‘rganish ishlarini hamkorlikda olib borish, har bir bosqichda to‘planadigan ma’lumotlarning sifatli va ishonchli bo‘lishiga alohida e’tibor qaratish haqida alohida to‘xtalib o‘tdi.