Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining bergan ma’lumotiga ko‘ra, 2025-yil 1-aprel holatiga Quva tumanida ro‘yxatdan o‘tgan korxona va tashkilotlar soni 3 162 tani, faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar soni 1 602 tani va yangi tashkil etilgan korxona va tashkilotlar soni 108 tani tashkil etdi.
Shundan iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha tahlil qilinganida:
Qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligi – 92 ta
Sanoatda – 246 ta
Qurilishda - 79 ta
Savdoda – 556 ta
Tashish va saqlashda – 42 ta
Yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar – 86 ta
Axborot va aloqa – 20 ta
Sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish – 71 ta
Boshqa turdagi xizmatlar – 410 taga to‘g‘ri keldi.