30/04/2025

Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, Farg‘ona viloyatida 2025- yilning yanvar-mart oylarida yirik korxonalar tomonidan 27,0 ming tonna paxta tolasi ishlab chiqarildi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 3,4 ming tonnaga kam ishlab chiqarilgan.

 Paxta tolasi ishlab chiqarish hajmi yillar kesimida (yanvar-mart):

2023- yil – 19 884,5 tonna

2024- yil – 30 385,6 tonna

2025- yil - 27 008,9 tonnani tashkil etgan.