Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining ma'lumotiga ko‘ra, 2025- yilning yanvar-mart oylari holatiga viloyatda sanoat sohasida oʻrtacha oylik ish haqi 4 665,3 ming soʻmni tashkil etgan boʻlsa, uning tarkibi boʻyicha oʻrtacha oylik ish haqi miqdori elektr, gaz, bugʻ bilan ta'minlash va havoni kondisiyalash sohasida 7 413,9 ming soʻm, ishlab chiqarish sanoati sohasida 4 327,6 ming soʻm, suv bilan ta'minlash, kanalizasiya tizimi, chiqindilarni yigʻish va utilizasiya qilish sohasida 3 513,3 ming soʻm ekanligi kuzatildi.