2025- yilning 1-aprel holatiga koʻra, barcha toifadagi xoʻjaliklarda parrandalar bosh soni 8 741,3 mingtaga yetdi. 2024-yilning mos davri bilan solishtirganda 101,5 % ni tashkil etdi. Parrandalar bosh sonini xoʻjalik toifalari boʻyicha tahlil qilar ekanmiz, eng katta hajmi 5 601,8 ming bosh dehqon va tomorqa xoʻjaliklarida qayd etilganligini taʼkidlash lozim.
Boshqa hududlar bilan taqqoslanganda, o‘tgan yilga nisbatan eng yuqori o‘sish sur’atlari:
Quva t - 126,5 %
Furqat t - 120,7 %
Toshloq t - 118,9 %
Buvayda t - 115,3 % ga to‘g‘ri keldi.