06/05/2025

Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining bergan ma’lumotiga ko‘ra, 2025-yil 1-aprel holatiga Quvasoy shahrida ro‘yxatdan o‘tgan korxona va tashkilotlar soni 2 461 tani, faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar soni 1 326 tani va yangi tashkil etilgan korxona va tashkilotlar soni 75 tani tashkil etdi.

Shundan iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha tahlil qilinganida:

Qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi – 84 ta

Sanoatda – 168 ta

Qurilishda - 75 ta

Savdoda – 537 ta

Tashish va saqlashda – 63 ta

Yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar – 65ta

Axborot va aloqa – 13 ta

Sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish – 26 ta

Boshqa turdagi xizmatlar – 295 taga to‘g‘ri keldi.