06/05/2025

Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining bergan ma’lumotiga ko‘ra, 2025-yil 1-aprel holatiga Farg‘ona shahrida ro‘yxatdan o‘tgan korxona va tashkilotlar soni 11 165 tani, faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar soni 6 302 tani va yangi tashkil etilgan korxona va tashkilotlar soni 299 tani tashkil etdi.

Shundan iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha tahlil qilinganida:

Qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi – 109 ta

Sanoatda – 675 ta

Qurilishda - 607 ta

Savdoda – 1 734 ta

Tashish va saqlashda – 239 ta

Yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar – 519 ta

Axborot va aloqa – 185 ta

Sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish – 292 ta

Boshqa turdagi xizmatlar – 1 942 taga to‘g‘ri keldi.