2025-yil yanvar-mart oylarida kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan 5 087,9 mlrd so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarildi yoki sanoat ishlab chiqarishi umumiy hajmining 52,2 % ini tashkil etdi. O‘sish sur’ati 2024- yil yanvar-mart oylariga nisbatan 161,0 % ni tashkil qildi. Hududlar kesimida kichik tadbirkorlikning jami sanoat mahsulotlaridagi eng yuqori ulushi Buvayda tumani (100,0 % ), So‘x tumani (100,0 % ), Yozyovon tumani (100,0 % ), Marg‘ilon shahar (96,6 % ) va Furqat tumani ( 92,0 % ) shahar va tumanlar hissasiga to‘g‘ri keldi.