20/05/2025

Joriy yilning 20- may kuni Farg‘ona viloyati hokimi hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi  media rejasiga asosan “Foydalanishga topshirilgan yakka tartibdagi uy-joylar va hovlidagi xo‘jalik qurilishlari tanlanma statistika kuzatuvlari” bilan yaqindan tanishish maqsadida press-tur tashkil etildi. Tadbirda Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi “Investitsiya va qurilish statistikasi” bo‘limi boshlig‘i  L. Yefimova, bo‘limning bosh mutaxassisi R. Abdurayimov, Farg‘ona shahar statistika bo‘limi boshlig‘i Sh. Tojimatov, intervyuyer R. Sharopov, D. Maksudov hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari  ishtirokida Farg‘ona shahar, “Sharshara” MFY, “Sharshara” ko‘chasi, 200-xonadonida (xonadon egasi X. Sadikova) tanlanma kuzatuvi o‘tkazildi. Kuzatuv jarayonida intervyuyer tomonidan berilgan savolga xonadon egalari tomonidan berilgan javoblar shaffof tarzda planshet qurilmasiga kiritildi. Shundan so‘ng “Foydalanishga topshirilgan yakka tartibdagi uy-joylar va hovlidagi xo‘jalik qurilishlari tanlanma statistika kuzatuvlari”ga bag‘ishlangan matbuot anjumani ham bo‘lib o‘tdi. Matbuot anjumanida viloyat statistika boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari F. Yakubov qatnashib, mazkur tanlanma kuzatuvining mohiyati va mazmuni bilan yaqindan hammani tanishtirib, so‘zni R.Abdurayimovga berdi. U o‘z navbatida, mazkur tadbirning asosiy maqsadi - foydalanishga topshirilgan yakka tartibdagi uy-joylar va hovlidagi xo‘jalik qurilish maydonlarining1 kvadrat metri uchun sarflangan moddiy va mehnat resurslari miqdori haqida ma’lumot yig‘ish va ular asosida yakka tartibdagi uy-joylar qurilishi bo‘yicha investitsiyalar va qurilish ishlari hajmlarini baholash uchun hisobot davrida ishga tushirilgan yakka tartibdagi uy-joylar umumiy qurilish maydonining 1 kvadrat metri qiymatini hisoblashdan iborat ekanligihaqida so‘z yuritdi.  Farg‘ona viloyati bo‘yicha 2025-yil yanvar-mart oylarida topshirilgan yakka tartibdagi uy-joylarni tanlanma kuzatuviga jami 130 ta uy xo‘jaliklari tanlanib, shulardan 53 tasi shahar hududlarida va 77 tasi qishloq joylarida joylanganligi, tanlanma kuzatuv natijasida 25 uy pishiq g‘ishtda, 101 ta uy xom g‘ishtda va 4 uy boshqa devor mahsulotlarda qurilganligi ta’kidlandi. Tadbir so‘ngida anjuman qatnashchilari  o‘zlarini qiziqtirgan savollariga mutaxassislar tomonidan javoblar oldilar.

Axborot xizmati.