23/05/2025

Uy xo‘jaliklarida kuzatuv o‘tkazish uslubiyoti Jahon Banki va Birlashgan Millatlar Tashkiloti Yevropa Iqtisodiy Komissiyasining tavsiyalariga asoslangan bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasining barcha hududlarida o‘tkaziladi. Xususan, joriy yilning 21-may kuni boshqarmaning Aholi turmush darajasi va ijtimoiy soha statistikasi bo‘limi mutaxassisi U.Turg‘unova tomonidan uy xo‘jaliklari kuzatuviga tushgan Farg‘ona shahriga qarashli X.Olimjon MFYda istiqomat qiluvchi Xasanovlar xonadonida so‘rovnoma o‘tkazildi. So‘rovnoma natijalaridan aholining turmush darajasi, ta’lim, atrof-muhit, sog‘liqni saqlash, kambag‘allik ko‘rsatkichlarini, iste’mol narxlari indeksini hisoblash, milliy hisoblar tizimida uy xo‘jaliklari sektori hisoblarini tuzish va boshqa statistika hisob-kitoblarda foydalanilanish ko‘zda tutilganligi haqida respondentga tushuntirildi. Kuzatuvdan olingan ma’lumotlar joyida planshet qurilmasiga kiritildi.