Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining bergan ma'lumotiga ko‘ra, 2025-yil yanvar-aprel oylari holatiga Qo‘qon shahrida qurilish korxona va tashkilotlar tomonidan 397,3 mlrd so‘mlik qurilish ishlari amalga oshirildi. O‘tgan yilning shu davriga nisbatan o‘sish sur’ati 110,0 % ni tashkil etdi.
Shundan:
Yirik korxonalar – 18,0 mlrd so‘m
Kichik korxona va mikrofirmalar – 312,6 mlrd so‘m
Norasmiy sektor – 66,7 mlrd so‘mga to‘g‘ri keldi.