2025- yil 1- may holatiga chakana savdo sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan tijorat korxonalari soni 7 203 tani tashkil etib, shundan, faoliyat ko‘rsatayotgan yirik korxonalar soni 151 tani, kichik korxona va mikrofirmalar soni 7 052 tani tashkil qildi. Hisobot davrida viloyatning chakana savdo tovar aylanmasi 10 598,4 mlrd so‘mni tashkil etib, 2024- yilning yanvar-aprel oyiga nisbatan 107,7 % ga yetdi. Jumladan, yirik korxonalarning tovar aylanmasi 1 354,9 mlrd so‘mni (o‘tgan yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 122,4 %), kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarining tovar aylanmasi 8 344,9 mlrd so‘m (o‘tgan yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 105,2 %), shundan uyushmagan savdo tovar aylanmasi 898,5 mlrd so‘mni (o‘sish sur’ati 112,8 %) tashkil etdi.