Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining bergan ma'lumotiga ko‘ra, 2025-yilning yanvar-aprel oylari holatiga Farg‘ona viloyati bo‘yicha ko‘rsatilgan moliya xizmatlari hajmi 2658,2 mlrd so‘m miqdorida qayd etildi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 119,8 % ni tashkil etdi.