2025- yil 1- may holatiga ulgurji savdo sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan tijorat korxonalari soni 3 973 tani tashkil etib, shundan, faoliyat ko‘rsatayotgan yirik korxonalar soni 29 tani, kichik korxona va mikrofirmalar soni 3 944 tani tashkil qildi. Viloyat bo‘yicha 2025- yilning yanvar-aprel oylarida ulgurji savdo tovar aylanmasi 7 598,2 mlrd so‘mni tashkil etib, 2024- yilning mos davriga nisbatan 9,2 % ga o‘sdi. Kichik biznes subуektlarining ulgurji savdo aylanmasidagi umumiy hajmi 7 188,8 mlrd so‘mni tashkil qilib, 2024- yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 111,3 % ga to‘g‘ri keldi Viloyatda jami ulgurji savdo hajmidagi ulushi 94,6 % ni tashkil qildi. Ulgurji savdo tovar aylanmasida yirik korxonalarning eng yuqori o‘sish sur’atiga ega hududlar Oltiariq t (1,4 m.), Bag‘dod t (4,1 m.), Rishton t (3,0 %) va Marg‘ilon (3,2 m) shaharida kuzatildi.