28/05/2025

2025- yil 1- may holatiga umumiy ovqatlanish sohasida faoliyat yuritayotgan tijorat korxonalari soni 1 837 tani tashkil etib, shundan, faoliyat ko‘rsatayotgan yirik korxonalar soni 4 tani, kichik korxona va mikrofirmalar soni 1 833 tani tashkil qildi. 2025- yilning yanvar-aprel oylarida ovqatlanish korxonalarining savdo aylanmasi 6 051,9 mlrd so‘mga yetdi. 2024- yilning mos davriga nisbatan 8,9 % ga oshdi. Bunda savdo aylanmasining 96,5 % ulushi kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subektlari hissasiga to‘g‘ri keldi.