Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining bergan ma'lumotiga ko‘ra, 2025- yilning yanvar-mart oylarida xo‘jalik toifalari bo‘yicha tahlillarga ko‘ra, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari umumiy hajmining 86,3 % i dehqon va tomorqa xo‘jaliklariga, 9,2 % i fermer xo‘jaliklariga, 4,5 % i qishloq xo‘jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlarga to‘g‘ri kelmoqda.