2025- yil yanvar-aprel oylari yakuni bo‘yicha 81,9 mln AQSH dollarilik to‘qimachilik mahsulotlari eksporti amalga oshirilib, umumiy eksportning 41,7 % ini tashkil etdi, o‘tgan yilga nisbatan 12,9 % ga kamaydi. Eksport qilingan to‘qimachilik mahsulotlari tarkibida tayyor to‘qimachilik mahsulotlari (20,3 %), ip kalava (54,2 %) asosiy ulushni egallagan.