Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining bergan ma'lumotiga ko‘ra, 2025-yilning yanvar-aprel oylari holatiga Farg‘ona viloyati bo‘yicha ko‘rsatilgan savdo xizmatlari hajmi 307,1 mlrd so‘m miqdorida qayd etildi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 116,3 % ni tashkil etdi.