2025- yilning yanvar-aprel oylarida import hajmi 482,2 mln AQSH dollariga yetdi va 2024- yilning mos davriga nisbatan 48,2 % ga ko‘paydi. Import tarkibida eng katta ulush, mashinalar va transport asbob-uskunalari (27,6 %), mineral yoqilgʻi, yogʻlash moylari va shunga oʻxshash materiallar (27,1 %) va sanoat tovarlari (22,1 %) hisobiga to‘g‘ri keldi.