Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining bergan ma’lumotiga ko‘ra, 2025- yilning yanvar-aprel oylarida Farg‘ona viloyatiga xorijdan jami 12,6 mln AQSH dollari qiymatidagi nooziq-ovqat xomashyolari importi amalga oshirilgan. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan solishtirganda 14,3 % ga o‘sgan.