Joriy yilning 18-iyun kuni soat 11-00 da Rishton tumani, Ar Roshidoniy MFY, Shokir ota ko‘chasi, 42-uyda joylashgan tuman statistika bo‘limi binosida statistika sohasida uchrayotgan muammoli masalalarni hal etish maqsadida, Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Sh.Zokirov tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarning vakillari uchun sayyor qabul kuni tashkil etiladi.
Shu munosabat bilan, barcha jismoniy va yuridik shaxs vakillarini mazkur tadbirga taklif etamiz.