17/06/2025

Uy xo‘jaliklarida kuzatuv o‘tkazish uslubiyoti Jahon Banki va Birlashgan Millatlar Tashkiloti Yevropa Iqtisodiy Komissiyasining tavsiyalariga asoslangan bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasining barcha hududlarida o‘tkaziladi. Xususan, joriy yilning 17- iyun kuni boshqarmaning Aholi turmush darajasi va ijtimoiy soha statistikasi bo‘limi mutaxassisi O. Holbekov tomonidan uy xo‘jaliklari kuzatuviga tushgan Bag‘dod tumaniga qarashli “Qirqvolida” MFYda istiqomat qiluvchi B.Bakirovlar xonadonida so‘rovnoma o‘tkazildi. So‘rovnoma natijalaridan aholining turmush darajasi, ta’lim, atrof-muhit, sog‘liqni saqlash, kambag‘allik ko‘rsatkichlarini, iste’mol narxlari indeksini hisoblash hamda boshqa statistika hisob-kitoblarda foydalanilanish ko‘zda tutilganligi haqida respondentga tushuntirildi. Kuzatuvdan olingan ma’lumotlar joyida planshet qurilmasiga kiritildi.