Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining bergan ma’lumotiga ko‘ra, 2025- yilning yanvar-may oylarida Farg‘ona viloyati xorijga jami 6,4 mln AQSH dollari qiymatida 13,4 ming tonna karam eksporti amalga oshirilgan. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan solishtirganda o‘sish sur’ati 86,4 % ni tashkil etgan.