Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining bergan ma'lumotiga ko‘ra, 2025-yil yanvar-may oylari holatiga dastlabki ma’lumotlar bo‘yicha, norasmiy va yashirin iqtisodiyotni baholash bo‘yicha o‘tkazilgan statistik kuzatuvlar natijalarini hisobga olgan holda, bozor xizmatlari hajmi 24 685,7 mlrd so‘mni tashkil etdi. 2024- yil mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 111,5 % ni tashkil etib, uning hajmi esa 4 811,0 mlrd so‘mga o‘sishi qayd etildi.