Joriy yilning 15-iyul kuni Farg‘ona viloyat statistika boshqarmasining Aholi turmush darajasi va ijtimoiy soha statistikasi bo‘limi mutaxassisi N.Qodirova tomonidan uy xo‘jaliklari kuzatuviga tushgan Marg‘ilon shahriga qarashli “Yo‘rmado‘z” MFYda istiqomat qiluvchi L.Ahmedovalar xonadonida so‘rovnoma o‘tkazildi. Kuzatuv jarayonida respondentga ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarning aholi turmush darajasiga ta’sirini o‘rganish va mamlakat aholisi farovonligini yanada yuksaltirishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish uchun ma’lumotlarni shakllantirishdan iborat ekanligi haqida tushuncha berildi.