17/07/2025

Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining bergan ma’lumotiga ko‘ra, 2025-yil 1-iyul holatiga Dang‘ara tumanida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar soni 1 549 tani va yangi tashkil etilgan korxona va tashkilotlar soni 122 tani tashkil etdi.

Shundan iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha tahlil qilinganida:

Qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligi – 86 ta

Sanoatda – 331 ta

Qurilishda -72 ta

Savdoda – 549 ta

Tashish va saqlashda – 41 ta

Yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar – 66 ta

Axborot va aloqa – 9 ta

Sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish – 52 ta

Boshqa turdagi xizmatlar – 343 taga to‘g‘ri keldi.