17/07/2025

Joriy yilning 17-iyul kuni Farg‘ona viloyat statistika boshqarmasining Aholi turmush darajasi va ijtimoiy soha statistikasi bo‘limi mutaxassisi N. Qodirova tomonidan uy xo‘jaliklari kuzatuviga tushgan Farg‘ona tumaniga qarashli “Langar” MFYda istiqomat qiluvchi T. Sanayevlar xonadonida so‘rovnoma o‘tkazildi. Kuzatuv jarayonida respondentga ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarning aholi turmush darajasiga ta’sirini o‘rganish va mamlakat aholisi farovonligini yanada yuksaltirishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish uchun ma’lumotlarni shakllantirishdan iborat ekanligi haqida tushuncha berildi va fuqarodan olingan ma’lumotlarni joyida planshet qurilmasiga kiritildi.